logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:05
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Chelsi» hatto Chempionlar ligasiga chiqa olmasa ham, Rosenorni ishdan bo'shatmaydi

 24 MART, 2026, 21:54

Londonning «Chelsi» klubi bosh murabbiy Liam Rosenor faoliyatini yaqin vaqt ichida baholashni rejalashtirmayapti. The Telegraph nashri xabariga ko'ra, ingliz mutaxassisi hatto jamoa kelasi mavsumda Chempionlar ligasiga yo'llanma ololmagan taqdirda ham ishdan olinmaydi.

Manbaga ko'ra, klub rahbariyati 41 yoshli murabbiy jamoani faqat 2026 yil yanvar oyida qabul qilib olganini inobatga olmoqda. Shu sababli u natijalar uchun to'liq javobgar deb hisoblanmayapti.

Qayd etilishicha, kelasi yozda «Chelsi» tarkibni kuchaytirishni rejalashtirgan. Bu orqali Rosenorga jamoa o'yiniga yanada kattaroq ta'sir ko'rsatish imkoniyati yaratiladi.

Liam Rosenor «Chelsi»ni 2026 yil 8 yanvardan beri boshqarib kelmoqda. Uning qo'l ostida jamoa barcha musobaqalarda 19 ta o'yin o'tkazib, 10 ta g'alaba, 2 ta durang va 7 ta mag'lubiyat qayd etgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ