logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:05
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Bu klub — mening uyim». Grizmann «Atletiko» muxlislariga murojaat qildi

 24 MART, 2026, 20:06

Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Antuan Grizmann jamoani tark etishi haqidagi xabarlardan so'ng muxlislarga murojaat qildi. Futbolchi 2026 yil yozida AQShning «Orlando Siti» klubiga qo'shilishi kutilmoqda.

«His-tuyg'ularimni so'z bilan ifoda etish oson emas, chunki bu klub — mening uyim, sizlar esa — oilamsizlar. Bu erda unutilmas o'yinlar, gollar, quvonch va ehtiroslarga to'la ajoyib sayohat bo'ldi. Buni faqat “Atletiko”ning bir qismi bo'lish nimaligini his qilganlar tushunadi.

Ammo kelajakni hozircha chetga surib qo'yaylik, chunki men hali ketmayapman. Oldimizda yana bir necha oy bor — men bu vaqt ichida maydonda ham, safar o'yinlarida ham bor kuchimni beraman, Ispaniya Kubogini yutish va Chempionlar ligasida iloji boricha uzoqroq borishni orzu qilaman.

Bizda hali baxtli bo'lish uchun imkoniyatlar ko'p. Men bu erda o'tkazadigan har bir daqiqamni shu emblemaga bag'ishlamoqchiman. Eng yaxshi kunlar hali oldinda. Biz buni har doimgidek birga amalga oshiramiz. 2026 yil mavsumi oxirigacha mening bugunim “qizil-oq” bo'lib qoladi va yuragim ham doim shunday bo'ladi. Olg'a, “Atletiko”!», — dedi Grizmann.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ