Abduqodir Husanov Britaniya matbuoti diqqat markazida: «U APLning eng yaxshilaridan biriga aylanmoqda»
24 MART, 2026, 18:30
«Manchester Siti» himoyachisi Abduqodir Husanov Britaniyaning mashhur Sky Sports nashri tomonidan yuqori e'tirofga sazovor bo'ldi.
Ekspertlarda, ayniqsa, futbolchining Angliya liga kubogi finalida «Arsenal»ga qarshi ko'rsatgan o'yini katta taassurot qoldirdi:
«O'z pozitsiyasiga qaytishda aql bovar qilmas tezlik namoyish etdi. U Dyokereshga birorta ham imkoniyat qoldirmadi. Husanov tez fursatda Premer-liganing yakkama-yakka vaziyatlardagi eng yaxshi himoyachilaridan biriga aylanib bormoqda», — deb yozadi nashr.
Joriy mavsumda 22 yoshli markaziy himoyachi barcha musobaqalarda 29 ta o'yinda maydonga tushdi. Uning «Manchester Siti» bilan shartnomasi 2029 yilning iyunigacha mo'ljallangan.
