logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:16
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Xoland kitob uchun 116 ming evro sarflab, Norvegiya rekordini o'rnatdi

 24 MART, 2026, 18:18

«Manchester Siti» hujumchisi Erling Xoland qariyb 116 ming evro sarflab, nodir kitob sotib oldi. Gap vikinglar haqidagi sagalar (afsonalar) jamlangan 1594 yilgi noyob nashr haqida ketmoqda, deb yozadi vg.no portali.

Ushbu xarid norveg kitoblari uchun rekord narxga aylandi. Kitob auktsionda sotib olingan va noyob hisoblanadi: bu ilgari xususiy qo'llarda bo'lgan yagona to'liq nusxadir. Qayd etilishicha, Xoland ushbu asarni o'zida olib qolmoqchi emas. U kitobni o'zi voyaga etgan Time kommunasiga sovg'a qiladi.

Futbolchining o'zi mutolaaning ashaddiy ishqibozi emasligini, biroq ushbu kitob barcha xohlovchilar uchun ochiq bo'lishini istashini ta'kidladi. Bundan tashqari, u ushbu sovg'a munosabati bilan bolalar va yoshlar o'rtasida tanlov tashkil etishni rejalashtirmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ