logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 14:52
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Shlotterbek Dortmundda qolishga qaror qildi

 24 MART, 2026, 18:06

Dortmundning «Borussiya» klubi markaziy himoyachisi Niko Shlotterbek klub bilan shartnomasini uzaytirish arafasida turibdi. Bu haqda Bild nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma'lum qilishicha, bu uzoq va cho'zilgan jarayon bo'ldi, biroq hozirda 26 yoshli futbolchi bilan muzokaralar yakuniga etmoqda va kelishuvga deyarli erishilgan.

Shlotterbek «Signal Iduna Park»dagi faoliyatini 2031 yilgacha uzaytiradi va yiliga taxminan 14 million evro maosh oladi. Yangi shartnomada 60 million evro miqdoridagi tovon puli haqidagi band ham o'rin oladi va u 2027 yilning yozidan kuchga kiradi. Kelishuvga yakuniy nuqta xalqaro tanaffusdan so'ng qo'yilishi kutilmoqda.

So'nggi vaqtlarda Shlotterbekning xizmatlariga Madridning «Real» klubi faol qiziqish bildirayotgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ