Valverde, Nunes, Arauxo. Urugvayning Angliyaga qarshi o'yin qaydnomasi ma'lum
24 MART, 2026, 16:48
Urugvay terma jamoasi 27 va 31 mart kunlariga rejalashtirilgan o'rtoqlik uchrashuvlari uchun milliy jamoaning rasmiy qaydnomasini e'lon qildi.
Darvozabonlar: Serxio Rochet, Santyago Andres Mele Kastanero, Fernando Muslera.
Himoyachilar: Gilermo Varela, Xose Luis Rodriges, Ronald Arauxo, Xose Mariya Ximenes, Santyago Bueno, Sebastyan Kaseres, Matias Vinya, Xoakin Pikeres, Matias Olivera.
Yarim himoyachilar: Manuel Ugarte, Nikolas Fonseka, Emiliano Martines, Federiko Valverde, Nikolas de la Krus, Fakundo Torres, Daniel Peres, Brayan Rodriges, Agustin Kanobbio.
Hujumchilar: Fakundo Pelistri, Xuan Manuel Sanabriya, Maksimiliano Arauxo, Xiorxyan de Arraskaeta, Rodrigo Agirre, Agustin Alvares, Federiko Vinyas va Darvin Nunes.
Bosh murabbiy: Marselo Belsa.
Urugvay terma jamoasi mart oyi oxirida ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi: 27 mart kuni safarda Angliya terma jamoasiga qarshi, 31 mart kuni esa yana mehmonda Jazoir bilan bahs olib boradi.
