logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:51
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Depayning jarohati jiddiy bo'lib chiqdi

 24 MART, 2026, 16:36

«Korintians» klubining niderlandiyalik hujumchisi Memfis Depayning o'ng oyog'ida ikkinchi darajali mushak cho'zilishi tashxisi qo'yildi. Futbolchi 4 haftaga safdan chiqdi va Libertadores kubogining birinchi bosqichida maydonga tusha olmaydi.

Jarohat 22 mart kuni «Flamengo»ga qarshi kechgan (1:1) uchrashuvning birinchi bo'limida orttirilgan. Jamoadoshi tomonidan kiritilgan gol bilan yakunlangan hujum boshlanganidan bir necha daqiqa o'tgach, Depay sonini ushlagancha maydonga yiqilgan.

Braziliya klubining ta'kidlashicha, futbolchi o'z vatanida davolanish kurslarini o'taydi. U avvalroq Norvegiya va Ekvadorga qarshi o'yinlarda ishtirok etish uchun Niderlandiya milliy terma jamoasiga chaqirilgan edi.

Depay «Korintians» safiga 2024 yilda kelib qo'shilgan. Joriy mavsumda u 12 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning amaldagi shartnomasi shu yozning oxirigacha amal qiladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ