logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:19
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Bayer» APLdan murabbiy topdi

 24 MART, 2026, 16:30

Sky Germany jurnalisti Florian Plettenbergning xabar berishicha, «Bayer Leverkuzen» kelasi yozda bosh murabbiylik lavozimiga «Brayton» ustozi Fabian Xyurtseler nomzodini ko'rib chiqmoqda.

So'nggi haftalardagi bir qator qoniqarsiz natijalardan so'ng, Leverkuzen klubining amaldagi bosh murabbiyi Kasper Yulmandning kelajagi so'roq ostida qolmoqda. Hozirda «farmatsevtlar» Bundesliga turnir jadvalida 6-o'rinni egallab turibdi va Chempionlar ligasi yo'llanmasini beruvchi o'rindan 4 ochko ortda qolmoqda.

Plettenbergning ta'kidlashicha, «Bayer» shu yozda rahbariyatda o'zgarish qilishi mumkin va bunda Xyurtseler jamoa tizginini o'z qo'liga olish uchun asosiy nomzod hisoblanadi.

33 yoshli germaniyalik mutaxassisning «Brayton» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ