logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 01:20
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Romano «Borussiya»ning Sanchoga qiziqishini tasdiqladi

 24 MART, 2026, 15:12

Hozirda ijara asosida «Aston Villa»da to'p surayotgan «Manchester Yunayted» vingeri Jedon Sancho Dortmundning «Borussiya» klubiga qaytishi mumkin. Bu haqda nufuzli insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.

Manbaning bergan ma'lumotlariga ko'ra, «asalarilar» haqiqatan ham Sanchoni qaytarishga qiziqish bildirmoqda, bu haqda avvalroq ommaviy axborot vositalarida ham xabar berilgan edi. Kelayotgan yozda futbolchi erkin agentga aylanadi va barcha takliflarni ko'rib chiqadi. «Borussiya» 25 yoshli vinger bilan shartnoma imzolashga tayyor, biroq buning uchun moliyaviy shartlar bo'yicha kelishuvga erishilishi lozim.

Joriy mavsumda Sancho barcha musobaqalarni hisobga olganda 31 ta o'yinda ishtirok etdi, bitta gol urdi va uchta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.

Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, Sanchoning bozor qiymati 20 million evroni tashkil etadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ