«Betis» hujumchisi uchun 35 million evro talab qilmoqda
24 MART, 2026, 15:06
Angliyaning «Nyukasl» klubi «Betis» hujumchisi Kucho Ernandesning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
Ispaniya klubi futbolchini sotishga ishtiyoqmand emas. Shu sababli «Betis» Kucho uchun yuqori boshlang'ich narx belgiladi. Ispaniyaliklar hujumchi uchun kamida 35 million evro olmoqchi.
Kucho Ernandes La Liga doirasida jami 118 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Ushbu o'yinlarda hujumchi 24 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Eslatib o'tamiz, hujumchi «Betis» safiga AQShning «Kolambus Kryu» jamoasidan kelib qo'shilgan edi.
