logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:44
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Real" sobiq futbolchisi: "Federiko Valverde allaqachon superyulduz maqomiga ega"

 24 MART, 2026, 13:42

Madridning «Real» klubi sobiq futbolchisi Michel Gonsales «qaymoqranglilar»ning urugvaylik yarim himoyachisi Federiko Valverde haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

«Fede «Real» afsonasiga aylanish sari bormoqda. Uni jamoaning boshqa futbolchilari bilan solishtirib bo'lmaydi. Bu adolatsizlik bo'lardi. Valverde tashqi ko'rinishidan superyulduzga o'xshamasligi mumkin, lekin u allaqachon shunday maqomga ega», — deya Gonsalesning so'zlarini keltiradi Marca gazetasi.

Ispaniya La Ligasining joriy mavsumida 27 yoshli urugvaylik futbolchi 28 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Valverde o'z hisobiga to'rtta gol va ettita golli uzatmani yozdirib qo'yishga muvaffaq bo'ldi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ