logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:32
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Real» Valverdening chetlatilishi yuzasidan apellyatsiya berdi

 24 MART, 2026, 13:42

«Real» yakshanba kuni La Liga doirasida «Atletiko»ga qarshi kechgan bahsdagi (3:2) Federiko Valverdening chetlatilishi yuzasidan shikoyat qiladi.

Marca nashrining xabar berishicha, apellyatsiya berish shunchaki rasmiyatchilik bo'lib, klub uning muvaffaqiyat qozonishiga unchalik ishonmayapti. Yarim himoyachi ikkita o'yinga diskvalifikatsiya qilinishi xavfi ostida turibdi.

«Real»ning fikricha, qizil kartochka hakam Xose Munuera Monteroning vaziyatga sub'ektiv yondashuvi bilan bog'liq. Madridliklarning qarashicha, arbitrning qaroriga Valverde va Baena o'rtasidagi munosabatlar ta'sir ko'rsatgan: 2023 yilda urugvaylik futbolchi avtoturargohda ispaniyalik futbolchining yuziga musht tushirgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

«Qaymoqranglilar»ning hisoblashicha, agar Valverde yakshanba kuni xuddi shu uslubdagi folni Baenaga emas, balki Kokega nisbatan ishlatganida, unga faqat sariq kartochka ko'rsatilgan bo'lardi.

Ta'kidlanishicha, Federikoning chetlatilishi «Real» tomonidan Ispaniyadagi hakamlik tizimi klub manfaatlariga zid ishlayotganining navbatdagi isboti sifatida ko'rilmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ