logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:25
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Flik rahbariyatga Kanselu bo'yicha qarorini aytdi

 24 MART, 2026, 13:24

«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik himoyachi Joau Kanseluning jamoada qolishini xohlaydi. Yanvar oyida kataloniyaliklar portugaliyalik futbolchini Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubidan ijaraga olishgan edi.

Biroq Diario SPORT nashrining ta'kidlashicha, «Barselona» 31 yoshli Kanseluni sotib olish niyatida emas. Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, kataloniyaliklar futbolchini faqatgina u «Al-Hilol» bilan shartnomasini bekor qilsa va maoshining kamaytirilishiga rozi bo'lsagina o'z safiga qo'shib olishga tayyor. Qayd etilishicha, agar barcha shartlar bajarilsa, «Barselona» Kanseluga ikki yillik shartnoma taklif qiladi. Aks holda, klub e'tiborini boshqa nomzodlarga qaratadi.

Joriy mavsumda Kanselu «Barselona» safida 12 ta uchrashuvda ishtirok etib, bitta gol urdi va to'rtta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ