logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:11
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Yuventus» Vlaxovichni olib qolish uchun so'nggi taklifini tayyorlamoqda

 24 MART, 2026, 09:12

«Yuventus» hujumchi Dushan Vlaxovichning agentlari bilan muhim muzokaralar o'tkazishga tayyorgarlik ko'rmoqda. Serbiyalik futbolchining amaldagi shartnomasi iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, «Yuventus» Vlaxovichga 2028 yil o'rtalarigacha mo'ljallangan, yillik maoshi 7 million evro bo'lgan qisqa muddatli shartnoma taklif qilishga tayyor. Turinliklar ushbu taklif Dushanni klubda qolishga ko'ndirishidan umid qilishmoqda.

Agar tomonlar kelisha olishmasa, 26 yoshli Vlaxovich yozda erkin agent maqomida boshqa jamoaga o'tishi mumkin bo'ladi.

2025/2026 yilgi mavsumda Dushan Vlaxovich 18 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga oltita gol va ikkita golli uzatmani yozdirib qo'ydi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ