logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 11:07
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Kolumbiyada 18 yoshli futbolchi o'yin vaqtida hushini yo'qotib, vafot etdi

 24 MART, 2026, 09:06

Kolumbiyaning “Milonarios” futbol klubi yoshlar jamoasi yarim himoyachisi Santyago Kastrilon 18 yoshida vafot etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

21 mart kuni Kastrilon milliy yoshlar turniri doirasidagi o'yin vaqtida hushini yo'qotgan.

“Unga jamoa shifokorlari tomonidan zudlik bilan yordam ko'rsatildi va tez yordam mashinasida shifoxonaga etkazildi. U erda kardiologlar intensiv terapiya bo'limida uni davolashdi. Shifokorlarning sa'y-harakatlariga qaramay, Santyago o'ziga kelmadi va yakshanba kuni oilasi, jamoadoshlari hamda do'stlari oldida vafot etdi. Santyago shunchaki futbol o'ynamasdi, u futbol bilan yashar va uni his qilar edi. U bu quvonchni tabassum bilan baham ko'rardi, endilikda u qalbimizda mangu muhrlanib qoladi. Oilasi va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz”, - deyiladi klub bayonotida.

Kastrilon “Milonarios”ning asosiy jamoasida maydonga tushmagan bo'lsa-da, bir necha bor o'yin qaydnomasiga kiritilgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ