logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:56
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

RCC Gran-prisi 1/2 finaliga chiqqan Lazizbek Fattoev rus matbuotiga intervyu berdi

 24 MART, 2026, 08:32

Ratel Pro Fight kompaniyasi vakili, engil vazn toifasida mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan charm qo'lqop ustamiz Lazizbek Fattoev rossiyalik bokschini mag'lubiyatga uchratgandi.

U 21 mart kuni Ekaterinburg shahrida tashkil etilgan RMK Yakkakurashlar akademiyasida bo'lib o'tgan RCC engil vazn toifasi Gran-prisining chorak finali doirasida CHayan Lanzi ustidan qozongan ishonchli g'alabasiga izoh berdi.

— Lazizbek, o'tkazilgan jang qanday taassurot qoldirdi?

— Jang juda yaxshi o'tdi. Raqib professional boksda debyutant bo'lishiga qaramay, uning Olimpiadadagi tajribasi sezilib turardi. Ringda u tempni yaxshi ushlab turdi, lekin men murabbiyimni diqqat bilan tingladim va hammasi rejadagidek o'tdi.

— Keyingi 1/2 final setkasida kimni asosiy raqobatchi deb hisoblaysiz?

— SHukrat Salomatov va Murod Aliev o'rtasidagi jangda tomosha bo'lishini kutgandim va bu sodir bo'ldi. SHukratni bokschi sifatida yaxshi bilaman, u bilan jang qilganman. U yaxshi, baquvvat sportchi. Salomatov g'alaba uchun qo'lidan kelganicha harakat qildi va Alievni ishonch bilan engdi. U har doim o'z janglariga yaxshi tayyorgarlik ko'radi, ajoyib formada va har qanday bokschi uchun jiddiy raqib. Uni birinchi marta Mixail Grigoryan bilan ko'rganman, u erda ham alo darajani ko'rsatgandi. U va Vildan Minasov bilan - eng raqobatli janglar bo'ladi deb o'ylayman. Ammo to'g'ri tayyorgarlik ko'rilsa, rejimga rioya qilinsa, har qanday raqibni engish mumkin. SHu bois faqat g'alaba uchun intilaman. 


Eslatib o'tamiz, Fattoev 6 raund yakuniga ko'ra, hakamlarning yakdil qarori bilan Lanzi ustidan g'alaba qozongandi. Gran-prining yarim final bosqichiga Fattohovdan tashqari Vildan Minasov, SHukrat Salomatov va Tigran Sogoyan yo'l oldi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ