«Gol + pas» reytingi: Keyn etakchi, kuchli uchlikda «Bavariya»ning ikki vakili bor
23 MART, 2026, 23:30
Myunxenning «Bavariya» klubi hujumchisi Xarri Keyn Evropaning kuchli beshlik ligalarida «gol + pas» tizimi bo'yicha eng yaxshi futbolchilar reytingida peshqadamlik qilmoqda. Tegishli ma'lumotlarni Squawka statistik portali e'lon qildi.
Keyn mavsum davomida jami 36 ta samarali harakatni amalga oshirdi. Ikkinchi pog'onadan «Manchester Siti» a'zosi Erling Xoland (29) joy olgan bo'lsa, kuchli uchlikni Keynning jamoadoshi Maykl Olise (28) yakunlab berdi.
Shuningdek, kuchli o'nlikka quyidagi futbolchilar kirdi: Kilian Mbappe («Real Madrid» — 27), Luis Dias («Bavariya» — 26), Brunu Fernandesh («MYu» — 24), Deniz Undav («Shtutgart» — 23), Lamin Yamal («Barselona» — 23), Federiko Dimarko («Inter» — 20) va Igor Tyago («Brentford» — 20).
