logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:07
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Operatsiya qilingan Osimxenning sog'lig'i borasida rasmiy ma'lumot berildi

 23 MART, 2026, 22:54

UEFA Chempionlar ligasi 1/8 finali doirasidagi «Liverpul»ga qarshi safar o'yinida jarohat olib, maydonni tark etgan «Galatasaroy» hujumchisi Viktor Osimxen bugun, 23 mart kuni muvaffaqiyatli operatsiya qilindi. Bu haqda klubning X ijtimoiy tarmog'idagi rasmiy sahifasi xabar bermoqda.

Osimxen mersisaydliklar himoyachisi Ibraima Konate bilan to'qnashuvda shikastlangan edi va endi u bir necha oyni o'tkazib yuboradi.

Pley-off bosqichining Istanbuldagi ilk uchrashuvi «Galatasaroy»ning 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan edi. Liverpuldagi javob o'yinida esa ingliz klubi 4:0 hisobida zafar quchdi.

Avvalroq, o'yindan so'ng Konate ijtimoiy tarmoqlarda turk klubi muxlislari tomonidan irqchilik ruhidagi hujumlarga uchragani xabar qilingandi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ