logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:12
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Arbeloa Gvardiola, Mourino va Simeone ustidan qozonilgan g'alabalarni izohladi

 23 MART, 2026, 22:48

«Real» bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Pep Gvardiola, Joze Mourino va Diego Simeone boshqaruvidagi jamoalar ustidan qozonilgan g'alabalar haqida to'xtalib o'tdi.

«Bu mening jamoam qanchalik ajoyib ekanligidan dalolat beradi. Ixtiyoringizda o'z ishiga sodiq eng yaxshi futbolchilar bo'lsa, ular hozirgidek ishtiyoq bilan harakat qilishsa, qiyinchiliklarga bardosh berishni va yaxlit jamoa bo'lishni bilishsa — hammasi ancha osonlashadi.

«Bernabeu» bizni tobora ko'proq qo'llab-quvvatlayotganidan xursandman. Men futbolchilarga tez-tez aytaman: biz bundan maksimal darajada foydalanishimiz kerak. Chunki «Bernabeu» raqibga bosim o'tkazsa, hamma narsa engillashadi va maydon go'yoki biz tomonga og'ib qolgandek tuyuladi.

Barcha futbolchilarga — asosiy tarkibdagilarga ham, zaxirada qolayotganlarga ham mehnatlari va sadoqatlari uchun minnatdorchilik bildiraman. Men futbolchilarning iloji boricha jipslashishini, ular haqiqiy oilaga aylanishini, do'stlik kuchini ko'rsatishlarini, ajoyib muhitni saqlab qolishlarini va g'alaba qozonishda davom etishlarini istayman, chunki eng muhimi shu», — dedi Alvaro Arbeloa.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ