logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:51
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Valverdening qizil kartochkasi bo'yicha hukm chiqarildi

 23 MART, 2026, 22:30

Madrid derbisidan keyingi ehtiroslar tingani yo'q. Ispaniya Hakamlar texnik qo'mitasi (CTA) «Real» va «Atletiko» (3:2) o'rtasidagi bahsda yuz bergan bahsli vaziyat — Federiko Valverdening maydondan chetlatilishi yuzasidan o'z xulosasini bildirdi.

Eslatib o'tamiz, uchrashuvning 77-daqiqasida urugvaylik yarim himoyachi raqibi Aleks Baenaning oyog'iga orqadan zarba bergan va bosh hakam Xose Munuera Montero tomonidan to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka bilan jazolangan edi. O'shanda VAR vaziyatga aralashmagandi.

Mashhur El Chiringuito ko'rsatuvida jurnalist Xuanfe Sans Peresning ta'kidlashicha, hakamlar qo'mitasi Monteroni to'liq qo'llab-quvvatlagan. Qo'mita fikricha, Valverdening harakati o'yin qoidasini qo'pol ravishda buzish deb baholangan va jazo to'g'ri tayinlangan. Bu boradagi rasmiy bayonot seshanba kuni e'lon qilinishi kutilmoqda.

Agar «Real Madrid» tomonidan berilgan apellyatsiya rad etilsa (bu ehtimol juda yuqori), Fede Valverde La Liganing kamida 2 ta o'yinini o'tkazib yuborishi mumkin.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ