logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:22
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Real" Vinisius bo'yicha yakuniy qarorni qabul qildi

 23 MART, 2026, 21:48

Hujumchi Vinisius Juniorning «Real» bilan shartnomasi 2027 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan. AS nashri sahifalarida braziliyalik futbolchi haqida maqola e'lon qilindi. Unda aytilishicha, Vinisius Madrid klubi bilan mehnat shartnomasini uzaytirishga «har qachongidan ham yaqinroq» turibdi.

So'nggi vaqtlarda Vinisiusning sport formasi ancha yaxshilandi. Kechagina braziliyalik futbolchi «Atletiko»ga qarshi o'yinda dubl qayd etdi. «Real» o'z maydonida kechgan Madrid derbisida 3:2 hisobida g'alaba qozondi. Joriy mavsumdagi 43 ta o'yinda Vinisius 17 ta gol urdi va jamoadoshlariga 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

«Real» navbatdagi uchrashuvini 4 aprel kuni safarda «Malorka»ga qarshi o'tkazadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ