logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:23
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Xoland shaxmatga sarmoya kiritmoqda

 23 MART, 2026, 18:48

"Manchester Siti" hujumchisi Erling Holand shaxmatning Total Chess World Championship Tour nomli yangi loyihasida investorlardan biriga aylandi.

Ushbu loyiha shaxmatni kengroq auditoriya orasida yanada ommalashtirishga qaratilgan, deb xabar bermoqda "The Sun".

25 yoshli norvegiyalik futbolchi shaxmatga qiziqadi. U intellektual o'yinni ko'proq ko'rgazmali hamda ommaviy tadbirga aylantirishni maqsad qilgan loyihani qo'llab-quvvatladi. Uning vatandoshi, grossmeyster Magnus Karlsen ham mazkur turnirda ishtirok etishi kutilmoqda.

Holand shaxmat va futbol orasida ko'p o'xshashliklar borligini qayd etdi. Uning so'zlariga ko'ra, har ikki disciplina tez fikrlashni, intuiciyani va bir necha qadam oldindan ko'ra olish qobiliyatini talab qiladi.

Kelishuv doirasida hujumchi investor Morten Borg bilan birgalikda yangi Norway Chess turining asosiy tashkilotchilaridan biri bo'lgan Chess Mates kompaniyasiga asos solgan. Loyihani amalga oshirish 2026 yilning ikkinchi yarmiga belgilangan.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ