logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:28
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Dortmundning "Borussiya" klubiga yangi sport direktori tayinlandi

 23 MART, 2026, 18:42

Dortmundning «Borussiya» klubi sport direktori lavozimiga yangi mutaxassis tayinlanganini e'lon qildi. Jamoa rasmiy saytining xabar berishicha, ushbu lavozimni germaniyalik Nils-Ole Bok egalladi.

40 yoshli Bok Germaniyaning sakkiz karra chempioni bilan 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan shartnoma imzoladi. U bunga qadar yaqin vaqtgacha mintaqaviy musobaqalarda ishtirok etgan, hozirda esa Bundesligaga chiqishga da'vogarlik qilayotgan «Elversberg» klubida faoliyat yuritgan.

Bokni yangi lavozimda tanishtirish marosimi 25 mart kuni bo'lib o'tadi. Futbolchilik faoliyati davomida u Germaniya o'smirlar terma jamoasi va «Duysburg» klublarida to'p surishga ulgurgan.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Sebastyan Kel «Borussiya»ni tark etgani haqida xabar bergan edik.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ