Diego Simeonening "Real" bilan o'yinlardagi mag'lubiyatlari soni 22 taga etdi
23 MART, 2026, 18:30
Diego Simeone murabbiylik faoliyatida «Real»dan 22-marta mag'lubiyatga uchradi.
Kecha La Liganing 29-turi doirasida argentinalik mutaxassis qo'l ostidagi «Atletiko» «Santyago Bernabeu»da kechgan derbida «qaymoqranglilar»ga imkoniyatni boy berdi (2:3).
Simeone murabbiy sifatida «Real»ga qarshi 50-uchrashuvini o'tkazdi. Ushbu bahslarda uning jamoasi 13 ta g'alaba qayd etgan, 21 marta durang o'ynagan va 22 bor mag'lub bo'lgan.
