Pep Gvardiolada navbatdagi rekord!
23 MART, 2026, 17:16
Kecha "Manchester Siti" klubi Angliya Liga kubogining finalida "Arsenal"ni 2:0 hisobida mag'lub etgan va turnir g'olibiga aylangan edi."Man Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola ushbu sovrinni beshinchi marta qo'lga kiritdi. Avvalroq murabbiy 2017/18, 2018/19, 2019/20 va 2020/21 mavsumlarida ham Liga kubogida g'alaba qozongandi.
Bu yutuq ispan mutaxassisini turnir tarixida yakka rekordchiga aylantirdi. U Brayan Klaf hamda Aleks Fergyuson (har biri 4 martadan ushbu mubosabaqada g'olib bo'lishgan) kabi afsonaviy murabbiylarni ortda qoldirdi.

Manba: olamsport.com
