Arauxo Evropadagi eng sermahsul mavsumini takrorladi
23 MART, 2026, 16:36
Urugvaylik himoyachi Ronald Arauxo «Barselona» uchun qiyin kechgan «Rayo Valekano»ga qarshi uy uchrashuvida g'alaba golini kiritdi. Ma'lum bo'lishicha, Arauxo ko'plab o'yinlarni o'tkazib yuborganiga qaramay, ushbu goli orqali o'zining Evropadagi butun faoliyati davomidagi shaxsiy rekord ko'rsatkichini takrorladi.
Uning joriy mavsumdagi gollari soni to'rttaga etdi — «Rayo»gacha Arauxo «Ovedo» va «Jirona» darvozasini ishg'ol qilgan, shuningdek, Ispaniya Kubogida «Albasete»ga gol urgan edi.
Eslatib o'tamiz, urugvaylik futbolchi 2019 yildan beri kataloniyaliklar sharafini himoya qilib kelmoqda. Ispaniya chempionatining navbatdagi turida peshqadam «Barselona» Madridning «Atletiko» klubiga qarshi maydonga tushadi.
