"Liverpul" sobiq a'zosi: "VAR — futbol tarixidagi eng yomon yangilik"
23 MART, 2026, 16:24
«Liverpul» klubining sobiq futbolchisi Stiven Uornok VAR tizimining ishini qattiq tanqid ostiga oldi.
«VAR — futbol tarixidagi eng yomon yangilik. Menimcha, bu tizim hamma narsani buzmoqda. Futbol uchrashuvlariga tashrif buyurishdan olinadigan zavq yo'qolmoqda. VAR hakamlarning ishiga putur etkazadi. Mening fikrimcha, bu o'yin uchun mutlaqo muvaffaqiyatsiz qo'shimcha bo'ldi», — deya Stivenning so'zlarini keltiradi BBC Sport.
Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida «Liverpul» 49 ochko bilan turnir jadvalida beshinchi o'rinni egallab turibdi. Arne Slot shogirdlari to'rtinchi o'rinda borayotgan Birmingemning «Aston Villa» jamoasidan besh ochkoga ortda qolmoqda.
