logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:32
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Fyuri - Mahmudov bilan jang haqida: u og'ir ahvolda

 23 MART, 2026, 13:48

Superog'ir vazn toifasida WBC, WBO, IBO, WBA Super, The Ring, IBF yo'nalishlarida sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri navbatdagi jangiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Jang 11 aprel kuni London shahridagi "Tottenxem" stadionida bo'lib o'tadi. Britaniyalik bokschi rossiyalik Arslanbek Mahmudov bilan bo'lajak jangi haqida fikr bildirdi. 

"Faqat shuni aytishim mumkinki, Mahmudov og'ir ahvolda. U mushkul vaziyatda. U baquvvat yigit, menda bo'lgani kabi bir-ikkita mag'lubiyat va ko'plab nokautlari bor - 20 ga yaqin. Biz taxminan tengdoshmiz, tana o'lchamlarimiz, vaznimiz, rekordlarimiz o'xshash. Men jahon chempioni edim, men WBC chempioni bo'lganimda u reytingda ikkinchi o'rinda edi. O'shanda uni menga raqib sifatida taklif qilishgandi. Endi nihoyat uchrashamiz. SHunday. Keling, ajoyib jang ko'rsataylik. Kim kuchli bo'lsa, o'sha g'alaba qozonsin", - deya Fyurining so'zlarini keltiradi Sky Sports.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ