logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:30
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Din Xyoysen Ryudiger bilan himoyadagi hamkorlik haqida fikr bildirdi

 23 MART, 2026, 13:42

Madridning «Real» klubi markaziy himoyachisi Din Xyoysen Antonio Ryudiger bilan birgalikdagi o'yini haqida fikr bildirdi.

Yosh ispaniyalik futbolchi o'tgan yilning yozida «qaymoqranglilar» safiga kelib qo'shilgan edi. Uning o'yini har doim ham benuqson bo'lmasa-da, qisqa vaqt ichida jamoaning asosiy tarkibidan joy olishga muvaffaq bo'ldi.

«Ryudiger bilan o'rtamizda ajoyib tushunish hosil bo'ldi. Buni nima bilan izohlashni bilmayman, lekin biz haqiqatan ham birgalikda yaxshi harakat qilyapmiz.

Men nimalarga qodir ekanimni bilaman. Ba'zida o'zim kutgan darajadagi o'yinni ko'rsata olmayman, biroq Alvaro Arbeloa menga nisbatan juda talabchan — bu juda yaxshi», — deya Madrid Zone Xyoysenning so'zlarini keltiradi.

Yakshanba kuni «Real» o'z maydonida o'tgan derbida «Atletiko»ni 3:2 hisobida mag'lub etdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ