logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:50
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Saliba jarohat oldi

 23 MART, 2026, 13:36

Londonning «Arsenal» klubi markaziy himoyachisi Vilyam Saliba Frantsiya terma jamoasining bo'lajak o'yinlarini o'tkazib yuboradi.

24 yoshli futbolchi yakshanba kuni «Manchester Siti»ga qarshi kechgan va «kanonirlar»ning 0:2 hisobidagi mag'lubiyati bilan yakunlangan Liga kubogi finalida ishtirok etdi. Uchrashuv tugaganidan so'ng, frantsiyalik himoyachi to'pig'idan jarohat olgani va shu sababli o'z milliy jamoasi ixtiyoriga yo'l olmasligi ma'lum bo'ldi. Bu haqda jurnalist Fabris Xokins xabar berdi. «Arsenal» yulduzining «uchranglilar» tarkibidagi o'rnini «Kristal Pelas» a'zosi, ilgari terma jamoada o'ynamagan Maksans Lakrua egallaydi.

Frantsiyaliklar Braziliya (26 mart) va Kolumbiya (29 mart) terma jamoalariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazishadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ