logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:15
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Atletiko» futbolchisi hakamni adolatsizlikda aybladi

 23 MART, 2026, 13:24

«Atletiko» yarim himoyachisi Jonni Kardozo Madridning «Real» klubiga qarshi kechgan bahsdagi (2:3) hakamlik ishidan noroziligini bildirdi.

«Qaymoqranglilar» o'z maydonlarida o'tgan derbida hisobda ortda borayotib, yakunda g'alabani ilib ketishdi. Uchrashuvning eng ko'p muhokama qilinayotgan vaziyatlaridan biri Daniel Karvaxal va Markos Lorente o'rtasidagi to'qnashuv bo'ldi. «Matraschilar»ning fikricha, ushbu vaziyatda maydon egalari darvozasiga penalti belgilanishi kerak edi.

«Hakamning qarorlari biryoqlama bo'ldi. Lorente bilan bog'liq vaziyat — bu aniq penalti edi, ammo referi hushtak chalmadi. Barcha bahsli vaziyatlar «Real» foydasiga hal qilindi», — deya Kardozoning intervyusidan iqtibos keltiradi Madrid Universal.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ