logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:40
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Romano «Milan»ning Modrich borasidagi rejalarini ochiqladi

 23 MART, 2026, 13:06

Nufuzli italiyalik jurnalist Fabritsio Romano «Milan» klubi Luka Modrichni shartnomasini yana bir mavsumga uzaytirishga ko'ndirish uchun qilayotgan harakatlari haqida yangi tafsilotlarni ochiqladi. Uning so'zlariga ko'ra, «rossonerilar» Modrichni Chempionlar ligasiga qaytish istiqboli bilan qiziqtirishga urinmoqda.

«Butun «Milan» aynan unga bog'lanib qolgan va yana bir yil qolishi uchun ko'ndirishga harakat qilmoqda. Hamma Modrichning Chempionlar ligasida o'ynashini juda xohlaydi. Ammo u hozircha yakuniy qarorga kelgani yo'q», — deya jurnalistning so'zlarini keltiradi pianetamilan.it.

Eslatib o'tamiz, Luka Modrich o'tgan yilning yozida Madridning «Real» klubidan Italiya jamoasiga ko'chib o'tgan edi. U yangi chempionatda darhol o'zini eng yaxshi tomonlama ko'rsata oldi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ