Elina Svitolinada kutilmagan mag'lubiyat
23 MART, 2026, 12:48
Dunyoning sakkizinchi raketkasi Elina Svitolina Mayami WTA 1000 turniridagi ishtirokini yakunladi.Ukrainalik tennis malikasi uchinchi davra uchrashuvida WTA reytingida 45-pog'onada borayotgan amerikalik Xeyli Baptistga kutilmaganda 3/6, 5/7 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ikkinchi uchrashuvi bo'ldi - 1:1. Bir soatu 39 daqiqa davom etgan bahsda Svitolina 1, Baptist 3 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Endi Baptist to'rtinchi davrada latviyalik Elena Ostapenkoga qarshi kortga chiqadi.

Manba: olamsport.com
