logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:48
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Flik: ""

 23 MART, 2026, 10:48

"Barselona" yakshanba kuni bo'lib o'tgan La Liga o'yinida "Rayo Valekano"ni qiyinchilik bilan mag'lub etdi (1:0).

Ronald Arauxoning 24-daqiqada urgan goli "Barsa"ning kichik hisobdagi g'alabasini ta'minladi. Mehmonlar ko'plab imkoniyatlar yaratdilar va hisobni tenglashtirishlari mumkin edi, ammo Joan Garsiya ishonchli o'yin namoyish qildi.

Final hushtagidan so'ng, "Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik "Rayo Valekano" bosh murabbiyi Inigo Peresni maqtadi.

"Men Inigoni tabriklamoqchiman - u ajoyib ish qilyapti. Uning jamoasi juda intensiv o'ynaydi, dadil pressing qiladi va ajoyib futbol ko'rsatadi.

Biz ajoyib raqibga duch keldik", - deya Flikning so'zlarini keltiradi Barca Universal.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ