logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:51
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Arbeloa Valverdening chetlatilishi haqida: «Buni tushunish qiyin» (video)

 23 MART, 2026, 09:34

«Real» bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Ispaniya chempionati 29-turida «Atletiko»ga qarshi o'yinda (3:2) yarim himoyachi Federiko Valverdening chetlatilishi haqida fikr bildirdi. Futbolchi 77-daqiqada qizil kartochka olgan edi.

«Bu holatni tushunish qiyin. Hakamga yon chiziqqa kelib, vaziyatni tushuntirib bergani uchun minnatdorlik bildiraman. Ba'zan o'yinni jonli kuzatganda u qanday bo'lsa, shunday ko'rinadi. Uni yana bir bor ko'rib chiqsam, boshqacha baholashim mumkin. Shunga qaramay, o'sha 15 daqiqa jamoaning xarakteri, o'zaro qo'llab-quvvatlashi va birdamligining yana bir yorqin namoyoni bo'ldi. Yaxshiyamki, bu holat jiddiy oqibatlarga olib kelmadi», — deya Arbeloa so'zlarini keltiradi AS.

Ayni paytda «Real» Ispaniya chempionati turnir jadvalida 69 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda. «Atletiko» esa 57 ochko bilan to'rtinchi pog'onada joylashgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ