logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:51
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Antuan Grizmann «Orlando Siti» bilan to'liq kelishuvga erishdi va «Atletiko»ni tark etadi — Romano

 23 MART, 2026, 08:42

Jurnalist Fabritsio Romano X ijtimoiy tarmog'ida ma'lum qilishicha, Antuan Grizmannning «Orlando Siti»ga o'tishi deyarli hal bo'lgan.

Xabar qilinishicha, AQSh klubi hujumchini mart oyidayoq o'z safiga qo'shib olishni rejalashtirgan, biroq futbolchi mavsum yakuniga qadar «Atletiko»da qolishga qaror qilingan. Bu qaror jamoaga joriy musobaqalarda yordam berishi uchun qabul qilingan.

So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, yangi shartnoma ikki yilga mo'ljallangan bo'lib, 2026 yil yozidan kuchga kiradi. Yaqin sutkalar ichida Grizmann AQShga yo'l olib, barcha rasmiy jarayonlarni yakunlashi va kelishuvning so'nggi tafsilotlarini kelishib olishi kutilmoqda.

Qayd etilishicha, u "Atletiko" bilan shartnomasi yakunlangach, erkin agent sifatida jamoani tark etadi va shundan so'ng «Orlando Siti»ga qo'shiladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ