logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 12:11
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

A Seriya. «Fiorentina» va «Inter» bahsida g'olib nomi aniqlanmadi

 23 MART, 2026, 03:18

Italiya chempionatining 30-turi doirasida «Fiorentina» o'z maydonida «Inter» bilan durang o'ynadi — 1:1. Uchrashuv Florentsiyadagi stadionda bo'lib o'tdi.

O'yinning ilk daqiqasidayoq «Inter» hujumchisi Franchesko Espozito hisobni ochdi. 77-daqiqaga kelib, «Fiorentina» yarim himoyachisi Cher Ndur javob golini urdi va muvozanatni tikladi.

Shu tariqa, «Fiorentina»ning barcha musobaqalardagi uchta o'yindan iborat g'alabali seriyasi yakunlandi. Jamoa 30 ta o'yindan so'ng 29 ochko bilan Italiya chempionati jadvalida 16-o'rinni egallab turibdi. «Inter» esa 30 ta o'yinda 69 ochko jamg'argan holda turnir jadvalida yakka peshqadamlik qilmoqda.

Italiya A Seriya. 30-tur
23.03.2026 | 00:45
«Artemio Franki», Florentsiya

«FIORENTINA» — «INTER» — 1:1
Gollar: Franchesko Espozito 1 (0:1), Sher Ndur 77 (1:1).

«Fiorentina»: de Xea, Pongrachich, Raneri, Gozens, Dodo, Fadjoli (Komutstso, 90), Breshanini, Ndur, Gudmundsson (Fabbian, 90), Parizi (Xarrison, 69), Kin (Pikkoli, 86).

«Inter»: Zommer, Akandji, Karlos Augustu (Acherbi, 46), Bissek, Zelinski, Xakan Chalxanoglu (Frattezi, 69), Barella (Suchich, 83), Dimarko, Dyumfris (Luis Enrike, 86), Tyuram (Bonni, 68), Espozito.

Ogohlantirishlar: Breshanini (55), Ndur (60), Kin (65) — Dimarko (42), Karlos Augustu (44), Barella (62).

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ