logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:45
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Pep Gvardiola murabbiylik faoliyatidagi yubiley — 40-titulini rasmiylashtirdi

 23 MART, 2026, 02:18

Pep Gvardiola murabbiylik faoliyatidagi 40-sovrinini qo'lga kiritdi. Isponiyalik mutaxassis qo'l ostidagi «Manchester Siti» Angliya liga kubogi finalida «Arsenal»ni mag'lub etib (2:0), bosh sovringa ega chiqdi.

Gvardiola bunday natijaga erishgan tarixdagi ikkinchi murabbiyga aylandi. Birinchi ko'rsatkich «Manchester Yunayted» va «Aberdin» klublari bilan jami 49 ta sovrin yutgan shotlandiyalik Aleks Fergyusonga tegishli.

Pep o'z faoliyati davomida «Barselona» (14 ta sovrin), «Bavariya» (7) va «Manchester Siti» (19) klublarida ishladi.

«Barselona» bilan: 3 marta La Liga, 2 marta Ispaniya kubogi, 3 marta Ispaniya Superkubogi, 2 marta Chempionlar ligasi, 2 marta Evropa Superkubogi va 2 marta klublar o'rtasidagi jahon chempionati g'olibi.

«Bavariya» bilan: 3 marta Bundesliga, 2 marta Germaniya kubogi, 1 marta Evropa Superkubogi va 1 marta klublar o'rtasidagi jahon chempionati g'olibi.

«Manchester Siti» bilan: 6 marta Angliya chempioni, 5 marta Liga kubogi, 3 marta Angliya Superkubogi, 2 marta Angliya kubogi, shuningdek, Chempionlar ligasi, Evropa Superkubogi va klublar o'rtasidagi jahon chempionati g'olibi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ