Frantsiyalik taniqli yarim himoyachi Dimitri Payet faoliyatini yakunlaganini ma'lum qildi
23 MART, 2026, 00:24
«Marsel» klubining sobiq yarim himoyachisi Dimitri Payet 38 yoshida professional faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi.
Xavbek o'z faoliyatini 2004 yilda «Ekselsior» klubida boshlagan edi. U Frantsiyaning «Nant», «Sent-Eten», «Lill» va «Marsel» klublarida, Angliyaning «Vest Xem» hamda 2023 yildan 2025 yilgacha Braziliyaning «Vasko da Gama» jamoalarida to'p surgan. Payet faoliyati davomida jami 744 ta o'yin o'tkazib, 150 ta gol urdi va 196 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Frantsiya terma jamoasi safida yarim himoyachi 38 ta uchrashuvda 8 ta gol muallifiga aylangan. Shuningdek, Payet Evro-2016 musobaqasining kumush medali sohibi hisoblanadi.
