logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:39
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Angliya liga kubogi. «Manchester Siti» finalida «Arsenal»ni mag'lub etdi

 22 MART, 2026, 23:48

Angliya liga kubogi final uchrashuvi yakunlandi. Unda Londonning «Arsenal» va «Manchester Siti» jamoalari o'zaro bahs olib bordi. Uchrashuvda «shaharliklar» 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Bellashuv Londondagi «Uembli» stadionida bo'lib o'tdi.

Uchrashuvning 60-daqiqasida «Manchester Siti» tarbiyalanuvchisi Niko O'Rayli hisobni ochdi va jamoasini oldinga olib chiqdi. Oradan to'rt daqiqa o'tib, u dubl rasmiylashtirib, hisobni 2:0 ko'rinishiga keltirdi.

Joriy mavsumda ushbu jamoalar Angliya chempionatining 5-turida ham to'qnash kelgan edi. O'sha uchrashuv 1:1 hisobida durang bilan yakunlangan.

O'tgan mavsum Angliya Liga kubogi g'olibi «Nyukasl» bo'lgan. Finalda «qarg'alar» «Liverpul»ni 2:1 hisobida mag'lub etgan edi.

Angliya — Liga kubogi. Final
22 mart 2026 yil, yakshanba. 21:30
«Arsenal» — «Manchester Siti» - 0:2
Gollar: O'Rayli, 60, 64

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ