«Tottenxem»da chuqur inqiroz: 13 ta o'yindan beri g'alaba yo'q
22 MART, 2026, 22:30
«Tottenxem»ning APLdagi g'alabasiz seriyasi 13 ta o'yinga etdi.
Bugun londonliklar 31-tur doirasida o'z maydonlarida «Nottingem Forest»ga yirik — 0:3 hisobida imkoniyatni boy berishdi.
Jamoaning oxirgi g'alabasi 28 dekabr kuni «Kristal Pelas» (1:0) ustidan qozonilgan edi. O'shandan beri «shporlar» 8 ta mag'lubiyat va 5 ta durang qayd etishdi. Jamoa hozirda 17-o'rinda bormoqda va xavfli hududdan (quyi ligaga tushib ketish zonasi) atigi bir ochko oldinda.
Igor Tudor boshqaruvidagi ettita o'yinda «Tottenxem» 5 bor mag'lub bo'ldi, bir martadan g'alaba va durangga erishdi.

12 aprel kuni londonliklar APL doirasida safarda «Sanderlend»ga qarshi bahs olib borishadi.
