logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:23
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

O'zbekiston milliy jamoasi tibbiy shtabiga tajribali mutaxassislar jalb etildi

 22 MART, 2026, 19:00

O'zbekiston milliy terma jamoasi mart oyida navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'ini doirasida FIFA Series musobaqasida ishtirok etishini bilasiz.

Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan jamoamizning tibbiy shtabiga bir qator tajribali mutaxassislarni jalb etish rejalashtirilgan.

Xususan, uzoq yillar davomida Italiya milliy terma jamoasi shifokori sifatida faoliyat yuritgan, sport tibbiyoti va ortopediya sohasida katta tajribaga ega mutaxassis Enriko Kastellachchi milliy jamoa tibbiy shtabida ish boshlaydi. Kastellachchi Italiya futbol shifokorlari assotsiatsiyasi prezidenti hamda Italiya ortoped-travmatologlari milliy assotsiatsiyasi vitse-prezidenti sifatida ham faoliyat olib borgan.

Shuningdek, terma jamoa tibbiy shtabiga italiyalik fizioterapevt — Simone Sidjilo ham jalb etildi. Ushbu mutaxassis faoliyati davomida «Palermo», «Salernitana» va «Benevento» klublarida ishlagan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ