logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:04
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Angliya kubogi finali. «Arsenal» — «Manchester Siti»: Opta superkompyuteri g'olibni taxmin qildi

 22 MART, 2026, 16:00

Opta superkompyuteri Angliya Liga kubogi finalida «Arsenal» va «Manchester Siti» jamoalarining g'alaba ehtimollarini hisoblab chiqdi.

Unga ko'ra, londonliklarning asosiy vaqtda g'alaba qozonish ehtimoli 51,9%ni tashkil etmoqda. “Shaharliklar”ning imkoniyati esa 24,8%ga baholangan. Shuningdek, uchrashuvning durang bilan yakunlanib, qo'shimcha vaqtga o'tishi ehtimoli 23,3% deb ko'rsatilgan.

Final bahsi bugun, 22 mart kuni bo'lib o'tadi. Uchrashuv "Uembli" stadionida tashkil etiladi va Toshkent vaqti bilan 19:30da start oladi. Bosh hakam sifatida Piter Benks faoliyat olib boradi.

Joriy mavsumda jamoalar Angliya chempionatining 5-turida o'zaro to'qnash kelib, o'sha bahs 1:1 hisobida durang bilan yakunlangandi.

O'tgan mavsumda musobaqa g'olibligini «Nyukasl» qo'lga kiritgan. Finalda “qarg'alar” «Liverpul»ni 2:1 hisobida mag'lub etgan edi.

Angliya — Liga kubogi, final
Sana: 22 mart 2026 yil
Stadion: Uembli (London)
«Arsenal» — «Manchester Siti»
Boshlanish vaqti: 21:30
Bosh hakam: Piter Benks

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ