logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:12
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Ferran Torres asosiy tarkibga qaytadi

 22 MART, 2026, 14:48

«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik La Liganing bo'lajak «Rayo Valekano»ga qarshi o'yinida hujumchi Ferran Torresni asosiy tarkibda tushirishni rejalashtirmoqda.

26 yoshli futbolchi chempionatning «Sevilya»ga qarshi o'tgan bahsini zaxira o'rindig'ida o'tkazgan edi, Chempionlar ligasi 1/8 finali doirasidagi «Nyukasl» bilan uchrashuvlarda esa zaxiradan maydonga tushdi. Mundo Deportivo nashrining ma'lumotlariga ko'ra, hujumchi yakshanba kungi o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushadi — u dam beriladigan Robert Levandovskining o'rnini egallaydi.

«Barselona» va «Rayo Valekano» o'rtasidagi to'qnashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da boshlanadi. Ferran Torres yanvar oyi oxiridan beri gol ura olmayapti — ispaniyalik futbolchining golsiz seriyasi barcha turnirlarda o'nta o'yinga etdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ