logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:18
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Al-Ittihod" "Barselona" bilan kurashishga to'g'ri keladi

 22 MART, 2026, 13:48

«Barselona» klubi Dortmundning «Borussiya» hujumchisi Seru Girassiga qiziqish bildirmoqda. «Ko'k-anorranglilar» 30 yoshli forvard bo'yicha muzokaralarga kirishishga harakat qiladi. Bu haqda Sport.es nashri Alyaumga tayanib xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, gvineyalik futbolchining ehtimoliy transferiga Saudiya Arabistonining «Al-Ittihod» klubi to'sqinlik qilishi mumkin. Saudiyaliklar Girassini jamoani tark etgan Karim Benzemaning o'rnini bosuvchi nomzod sifatida ko'rishmoqda. Ta'kidlanishicha, yozda «asalarilar» safini tark etishga tayyor bo'lgan hujumchiga «Barselona»ning qiziqishi «Al-Ittihod» rahbariyatini xavotirga solgan.

Joriy mavsumda forvard barcha turnirlarda 39 ta o'yinda ishtirok etib, o'z hisobiga 18 ta gol va 6 ta golli uzatmani yozdirib qo'ydi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali taqdim etgan ma'lumotlarga ko'ra, Girassining bozor qiymati 40 million evroni tashkil etadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ