logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:04
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Chempionlikdan inqirozgacha: «Liverpul» joriy mavsumda o'ninchi bor mag'lub bo'ldi

 22 MART, 2026, 13:18

Angliya chempionatining 31-turida «Liverpul» «Brayton»ga imkoniyatni boy berib, mavsumdagi o'ninchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Shu tariqa, mersisaydliklar liga tarixida chempionlikdan keyingi yilda ikki xonali sondagi mag'lubiyatga uchragan ettinchi jamoaga aylandi.

Bu borada birinchi bo'lib 1992 yilda — APL davridan oldingi so'nggi mavsumda Angliya chempioni bo'lgan «Lids» qayd etilgan. 1992/1993 yilgi mavsumda «Lids» 15 ta o'yinda mag'lubiyatga uchragan edi.

Keyingi o'rinlardan quyidagi jamoalar joy olgan:

«Blekbern» (1995/1996 mavsum) — 13 ta mag'lubiyat.

«Manchester Yunayted» (2013/2014 mavsum) — 12 ta mag'lubiyat.

«Chelsi» (2015/2016 mavsum) — 12 ta mag'lubiyat (bu «Lester» chempion bo'lgan mavsum edi).

«Lester» (2016/2017 mavsum) — 18 ta mag'lubiyat. Bu ko'rsatkich chempion jamoa uchun mutlaq antirekord hisoblanadi.

«Chelsi» (2017/2018 mavsum) — xuddi hozirgi «Liverpul» kabi 10 ta mag'lubiyat qayd etgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ