logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:35
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Portugaliya ustozi Ronalduning jismoniy holati haqida fikr bildirdi

 22 MART, 2026, 12:12

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines Jahon chempionati oldidan Krishtianu Ronalduning jismoniy holatiga shubha qilmayapti.

«An-Nasr»ning 41 yoshli hujumchisi jarohati sababli Portugaliya milliy terma jamoasining bo'lajak o'rtoqlik o'yinlari uchun qaydnomasiga kiritilmadi.

«Ronaldu kichik mushak jarohati oldi. O'ylaymanki, u tez fursatda — bir yoki ikki hafta ichida tiklanib oladi. Krishtianuning joriy mavsumdagi barcha jismoniy ko'rsatkichlari uning a'lo darajada ekanidan dalolat bermoqda. Hech qanday muammo yo'q», – deya Martinesning so'zlarini keltirmoqda Al Nassr Zone nashri.

Portugaliyaliklar 29 mart kuni Meksikaga qarshi maydonga tushsalar, 1 aprel kuni AQSh terma jamoasi bilan kuch sinashadilar.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ