"Liverpul" 10 yillik antirekordni takrorladi
22 MART, 2026, 11:00
"Liverpul" kutilmaganda Angliya Premer Ligasining 31-turida "Brayton"ga mag'lub bo'ldi.Bu Arne Slot jamoasining joriy mavsum APLdagi 10-mag'lubiyati bo'ldi. Bunday natija so'nggi bor 2015-2016 yilgi mavsumda sodir bo'lgandi.
Joriy mavsumda mersisaydliklar quyidagi jamoalarga yutqazdi: "Kristal Pelas" (1:2), "CHelsi" (1:2), "Manchester Yunayted" (1:2), "Brentford" (2:3), "Manchester Siti" (0:3 va 1:2), "Nottingem Forest" (0:3), "Bornmut" (2:3), "Vulverxempton" (1:2) va "Brayton".
Malumot uchun, ayni paytda APLning amaldagi chempionlari turnir jadvalining 5-o'rnida ketmoqda.

Manba: olamsport.com
