logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:41
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Allegri Raboning "Milan" uchun ahamiyatini tushuntirdi

 22 MART, 2026, 09:00

Italiyaning «Milan» jamoasi tarkibga qaytgan frantsuz Adrien Rabo bilan birga A Seriyaning 30-turida «Torino»ni mag'lub etdi. Ushbu o'yindan so'ng jurnalistlar jamoa ustozi Massimiliano Allegridan nima sababdan Rabo tarkibda bo'lganida «Milan» har o'yinda o'rtacha bitta ko'proq ochko to'playotgani haqida so'rashdi.

«U kuchli va muhim futbolchi, lekin boshqa o'yinchilar ham xuddi shunday ahamiyatga ega. Rabo bizning boshqa futbolchilarimiz orasida o'ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Biroq futbolchilar bir-birini to'ldirishi kerak», – deya Allegrining so'zlaridan iqtibos keltiradi pianetamilan.it nashri.

Eslatib o'tamiz, frantsiyalik futbolchi o'tgan yozda «Milan» safiga kelib qo'shilgan edi. U bundan avval ham A Seriyada Turinning «Yuventus» jamoasida, aynan Allegri qo'l ostida to'p surgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ