logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:05
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Chelsi" yarim himoyachisi yozda "Inter"ga o'tishi mumkin

 22 MART, 2026, 08:36

«Chelsi» futbolchisi Andrey Santos Milanning «Inter» klubi uchun asosiy transfer maqsadlaridan biri bo'lib turibdi.

«Neradzurrilar»ning 21 yoshli futbolchiga bo'lgan qiziqishi avval ham qayd etilgan edi. Jurnalist Janluka Longari bergan ma'lumotlarga ko'ra, A Seriya grandi braziliyalik futbolchini qo'lga kiritish istagini hamon saqlab qolmoqda va kelayotgan yozda transfer borasida harakat qilishi mumkin.

Andrey Santosning «Chelsi»dagi kelajagi hozircha noaniq bo'lib qolmoqda. Avvalroq o'yinchiga da'vogarlar qatorida «Yuventus» klubi ham tilga olingan edi. Transfermarkt portali yarim himoyachining bozor qiymatini 45 mln evroga baholamoqda, uning London klubi bilan amaldagi shartnomasi esa 2030 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ